Daryo

Tramp NATOning Eronga qarshi urushda ishtirok etmasligini xato deb atadi

Trampning so‘zlariga ko'ra, AQSH o'z ittifoqchilarini himoya qilish uchun katta mablag' sarflamoqda, ammo Vashington endi NATOni qo'llab-quvvatlash masalasini qayta ko'rib chiqishi kerak bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish3 074 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp NATO Eronga qarshi urushda Vashingtonni qo‘llab-quvvatlamay xato qilganini ta’kidladi.

U mazkur bayonotni Mayamidagi investitsiya forumida aytdi.

Menimcha, NATOning bu operatsiyada ishtirok etmasligi aql bovar qilmaydigan xato bo‘ldi, dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH o‘z ittifoqchilarini himoya qilish uchun katta mablag‘ sarflamoqda, ammo Vashington endi NATOni qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Biz har doim NATO bilan birga bo‘lganmiz, ammo ularning harakatlaridan kelib chiqib, menimcha, endi unday qilmasligimiz kerak bo‘ladi”, deb ta’kidladi AQSH prezidenti.

Avvalroq Donald Tramp dunyo iqtisodiyotini “bo‘g‘ib” qo‘ygan Hormuz bo‘g‘ozini ochish va Eronga qarshi global harakatga qo‘shilish borasida ittifoqchi davlatlarga so‘rov yuborgandi. Yevropa davlatlari esa rad javobini bergan.

“Bugungi kungacha ushbu operatsiyaning qanday muvaffaqiyatga erishishi bo‘yicha ishonchli reja mavjud emas. Vashington biz bilan maslahatlashmadi va Yevropa yordami zarurligini aytmadi. Urush davom etar ekan, biz Hormuz bo‘g‘ozida harakatlanish erkinligini harbiy vositalar bilan ta’minlashda ishtirok etmaymiz”, degandi o‘shanda Germaniya kansleri Fridrix Merts.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar