Daryo

Avstriyada 20 yoshli futbolchi qiz YTH oqibatida halok bo‘ldi

Aleksandra Vimmer avtomobil boshqaruvida bo‘lgan va unga 15 yoshli yo‘lovchi hamrohlik qilgan.

1 daqiqa o‘qish7 066 ko‘rishlar0 izoh1

Avstriyalik futbolchi, “Blau-Vays Lins” a’zosi Aleksandra Vimmer 20 yoshida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vimmer avtomobil boshqaruvida bo‘lgan va unga 15 yoshli yo‘lovchi hamrohlik qilgan. Lins shahridagi “Mona Liza” tunnelida avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘lovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yuborilgan, Vimmer esa hodisa joyida vafot etgan.

“‘Blau-Vays Lins’ futbol klubi kecha sodir bo‘lgan fojiali avtohalokatda hayotdan ko‘z yumgan Vimmerning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qiladi. Ushbu og‘ir damlarda uning oilasi, do‘stlari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Vimmer uchun oxirgi o‘yin Yuqori Avstriya akademiyasi tarkibida Vena yoshlar jamoasiga (20 yoshgacha) qarshi bahs bo‘ldi. Mazkur uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Avvalroq, Shvetsiyaning Erebro shahrida to‘rtinchi divizion vakili — “Forvard” klubi darvozaboni Hyugo Mosshagen otishma natijasida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar