Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Xonanda Jasmin o‘zining bayramona suratlarini muxlislariga ulashdi.
Aktrisa va vayner Nigina Jabborova poytaxtdan yangi xonadon sotib olganini ma’lum qildi. U bu quvonchli xabarni kuzatuvchilari bilan o‘rtoqlashgan.
Aktrisa va teleboshlovchi Parizoda Bo‘rixo’jayeva qizini 18 yoshi bilan tabrikladi hamda farzandi bilan fotosessiya uyushtirdi.
Aziz Rametov ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaat yo‘llab, salomatligidagi 20 yillik muammolar tufayli operatsiya amaliyoti uchun moddiy yordam so‘radi. “O‘rtoqlar, sizlarga iltimosim bor. Zudlik bilan operatsiya qilinishim kerak ekan. Bo‘ynim va belim 20 yildan buyon singan ekan. Hozir shu muammo tomirlarimga bosim beryapti. Uyimni sotgunimcha uch-to‘rt oy vaqt o‘tadi. Ungacha chiday olmayman. Operatsiyaga 50 ming dollar kerak. Agar imkoningiz bo‘lsa, bir so‘mdan bo‘lsa ham ehson qiling. Ming bor uyatdaman, yana noto‘g‘ri tushunmanglar”, deydi u.
Taniqli aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva hayotiy va falsafiy mulohazalarini muxlislari bilan o‘rtoqlashdi.
Instabloger Maryam Tillayeva qiymati 40 ming dollargacha bo‘lgan Hermes Shadow Birkin sumkasini xarid qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Tadbirkor va instabloger Diyora Usmonova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qizi Maryam bilan tushgan suratini joyladi.
Jahon estradasi yulduzi Enrike Iglesiasning rafiqasi Anna Kurnikova farzandlarining suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.








