Daryo

Netanyaxu o‘lgani haqidagi mish-mishlar ortidan ko‘rinish berdi (video)

Isroil bosh vaziri qahvaxonadan video murojaat yo‘lladi va tasvir haqiqiyligini isbotlash uchun barmoqlarini ko‘rsatdi.

1 daqiqa o‘qish30 874 ko‘rishlar0 izoh2

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining vafoti haqida tarqalgan mish-mishlarga javoban qahvaxonadan video murojaat yo‘lladi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Videoda kadr ortidagi erkakning: “Internetda sizni o‘ldi, deb yozishyapti”, deb so‘ragani eshitilgan. Bunga javoban Netanyaxu kinoya bilan barmoqlarini ko‘rsatgan. U shu tariqa video sun’iy intellektda yasalmagani va haqiqiyligini isbotlagan.

Men qahvani yaxshi ko‘raman, bilasanmi? Men o‘z odamlarimni o‘lguday yaxshi ko‘raman. Ular o‘zlarini qanday tutishi bu fantastika. Barmoqlar sonini sanamoqchimisan? Ko‘rsatishim mumkin, mana, ko‘ryapsanmi? degan bosh vazir kinoya bilan.

Netanyaxu, shuningdek, Isroil fuqarolariga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, bu hukumat, SAXAL (armiya) va Mossadga (razvedka) kuch bag‘ishlashini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tuzilmalari hozircha ochiqlash mumkin bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirmoqda va bu harakatlar Eron hamda Livanga jiddiy zarba bermoqda.

Bosh vazir mamlakat aholisini front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga amal qilishni davom ettirishga va boshpanalar yaqinida bo‘lishga chaqirdi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 2-mart kungi hujumlar davomida Binyamin Netanyaxuning Quddusdagi idorasini nishonga olganini e’lon qilgandi. O‘shanda ham Isroil bosh vaziri halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Isroil bu ma’lumotlarni rad etib, ularni asossiz deb baholagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar