Daryo

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida kutilmagan yurishga tayyorlanmoqda

Klub rahbariyati Elite Brand loyihasi orqali hozirda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchini jamoaga olib kelmoqchi.

1 daqiqa o‘qish3 525 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida kutilmagan transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Indykaila News nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamoaning ushbu loyihasi Elite Brand deb nomlangan bo‘lib, u hozirda yuqori darajada o‘ynayotgan futbolchini jamoaga olib kelishni maqsad qilgan. Klub ushbu transfer orqali butun futbol olamini hayratda qoldirmoqchi.

Avvalroq “Manchester Yunayted” rahbariyati “Nottingem Forest” hamda Kot-d’Ivuar terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Ibrohim Sangare, “Leypsig” va Germaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi David Raum, “Nottingem Forest” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson, “Nyukasl” va Angliya terma jamoasining 24 yoshli iqtidorli futbolchisi Entoni Gordon hamda “Liverpul”ni tark etishi kutilayotgan argentinalik futbolchi Aleksis Makallisterni nishonga olgani haqida xabar berilgan edi.

“Qizil iblislar” Angliya Premyer Ligasi joriy mavsumida 51 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa APL 30-turi doirasidagi uchrashuvini bugun, 15-mart kuni o‘zi bilan bir xil ochko jamg‘argan “Aston Villa”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Old Trafford” stadionida start oladi.

Ma’lumot uchun, Manchester klubi Maykl Kerrik vaqtincha murabbiy etib tayinlangach, oltita o‘yinda g‘alaba qozonib, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar