Daryo

Isroilning Livan janubiga zarbasi oqibatida 17 nafar shifokor halok bo‘ldi

Mojaro avj olgandan beri qariyb ming nafar livanlik halok bo‘ldi. Ularning 65 nafari ayollar, yana 106 nafari esa bolalardir. Bir millionga yaqin Livan fuqarosi esa qochqinlarga aylandi.

1 daqiqa o‘qish3 106 ko‘rishlar0 izoh1

Isroil harbiy havo kuchlari Livan janubiga zarba berib, sog‘liqni saqlash muassasasida ishlagan 17 nafar tibbiyot xodimini o‘ldirdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash idoralariga tayanib, Middle East Eye nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 13-mart kuni kechqurub Bint Jbeyl tumanining Burj Qalaviya qishlog‘ida yuz bergan. Tibbiyot markaziga hujum sabab shifokorlar, hamshiralar va feldsherlar halok bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, mamlakat Yaqin Sharqni qamrab olgan mojaroga tortilgan 2-martdan buyon 31 nafar feldsher halok bo‘lgan.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilni o‘z kasb vazifasini bajaryotgan tez yordam brigadalarini qasddan nishonga olishda aybladi. Isroil esa o‘z navbatida, “Hizbulloh” tez yordam mashinalari va tibbiy infratuzilmadan harbiy maqsadlarda foydalanganini iddao qildi.

Havo zarbalarida vayron bo‘lgan Livan ko‘chalari
Foto: The Arab Weekly

Qayta avj olgan mojaro

Isroilning Livanga zarbalari “Hizbulloh” mamlakat shimoliga raketalar bilan hujum qilganidan so‘ng boshlandi. Livan qurolli tashkiloti o‘z harakatini Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning o‘ldirilishiga javob sifatida izohladi. Shundan beri 800 nafardan ortiq livanlik halok bo‘ldi. Yana qariyb bir million Livan fuqarosi esa qochqinlarga aylandi.

Qurbonlar orasida 65 nafar ayol, 106 nafar bola bor. Shuningdek, yana 2009 kishi jarohat olgan. Jumladan, Isroil harbiy havo kuchlarining Nabatiya shahridagi uyga zarbasi oqibatida er-xotin va ularning to‘rt farzandi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, isroilliklar Litani daryosi ustidagi ko‘prikni ham vayron qilgan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar