Daryo

YCHL. “Arsenal” “Bayer”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Leverkuzen shahrida o‘tkazilgan UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqich uchrashuvi yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish5 279 ko‘rishlar0 izoh0

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Kunning ilk bahsi Leverkuzen shahridagi “Bay Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalliy “Bayer” klubi Angliyaning “Arsenal” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 46-daqiqada Robert Andrix tomonidan kiritildi. 89-daqiqada Kay Haverts penaltini aniq amalga oshirib, sobiq jamoasiga qarshi uchrashuvda muvozanatni tikladi. Mazkur hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 18-mart kuni London shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadi.

UEFA Chempionlar Ligasi

1/8 final, dastlabki uchrashuv

“Bayer” — “Arsenal” 1:1

Gol: 1:0 — Andrix (46), 1:1 — Haverts (89)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar