Daryo

YCHLda qaysi jamoa g‘alaba qozonishi mumkinligi taxmin qilindi

Opta superkompyuteri Yevropa Chempionlar Ligasi 2026/27-yilgi mavsumi oldidan jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

1 daqiqa o‘qish3 301 ko‘rishlar0 izoh0

Opta superkompyuteri Yevropa Chempionlar Ligasi 2026/27-yilgi mavsumi oldidan jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, Londonning “Arsenal” klubi musobaqada g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Superkompyuter “kanonirlar”ning imkoniyatini 20,9 foiz deb baholadi. Myunxenning “Bavariya” klubi 19,4 foiz bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, “Manchester Siti” 12,3 foiz bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Kataloniyaning “Barselona” klubi imkoniyatlari 8,2 foiz etib belgilangan. Amaldagi chempion — Fransiyaning “PSJ” jamoasi esa 7,1 foiz ko‘rsatkich bilan kuchli beshlikdan joy olgan. E’tiborli tomoni, musobaqada eng ko‘p g‘alaba qozongan “Real” esa 4,4 foiz bilan 7-pog‘onani band etgan. 

Opta superkompyuteri taxminlariga ko‘ra, UEFA Chempionlar Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi asosiy favoritlari (top-10)

  1. “Arsenal” — 20.9 foiz
  2. “Bavariya” — 19.4 foiz
  3. “Manchester Siti” — 12.3 foiz
  4. “Barselona” — 8.2 foiz
  5. “PSJ” — 7.1 foiz
  6. “Liverpul” — 6.1 foiz
  7. “Real Madrid” — 4.4 foiz
  8. “Manchester Yunayted” — 3.8 foiz
  9. “Inter” — 3.6 foiz
  10. “Aston Villa” — 2.0 foiz
Foto: Opta

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlar 8—10-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar