Daryo

Osiyo Kubogida qatnashgan eronlik futbolchi qizlar politsiya yordamida jamoadan qochib ketgan — manba

FIFA, OFK va Avstraliya rasmiylari jamoa a’zolarining mamlakatda qolish muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 310 ko‘rishlar0 izoh3

Eron ayollar terma jamoasining besh futbolchisi Avstraliyadagi Osiyo Kubogi vaqtida jamoa ixtiyoridan qochib ketdi. Jamoa guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Filippin terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab, turnirni tark etdi.

Avvalroq Eron davlat televideniyesi boshlovchisi Mohammad Rizo Shahbozi Osiyo Kubogidagi dastlabki o‘yinida milliy madhiyani kuylamagan futbolchilarni keskin tanqid qilgan edi.

“Urush paytida sotqinlarga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘lish kerak”, degan edi u.

Ushbu voqeadan so‘ng Professional futbolchilar assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFPro) FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasidan (OFK) futbolchi qizlarning xavfsizligini ta’minlashni so‘ragan.

“The Athletic” nashrining xabar berishicha, hozirda FIFA, OFK va Avstraliya hukumati qizlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Eron ayollar terma jamoasining mamlakatda qolish muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Ayni damda jamoa uchun ortga qaytish reysi band qilinmagan.

Shuningdek, Filippin bilan o‘yindan so‘ng Eronning besh nafar futbolchisi mehmonxonadan qochib ketgani ta’kidlanmoqda. Qizlarga jamoa qarorgohini tark etishda politsiya yordam bergan. Sportchilar 9-mart, dushanba kuni terma jamoaning rejalashtirilgan kechki ovqatida ishtirok etmagan. Hozirda qochib ketgan futbolchilar Avstraliya federal politsiyasi nazorati ostidagi xavfsiz joyda saqlanmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar