Daryo

Ayollar Osiyo Kubogi. Eron terma jamoasi davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortdi

Ushbu holat Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yuz bergan.

1 daqiqa o‘qish4 168 ko‘rishlar0 izoh2

Eron ayollar terma jamoasi a’zolari Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 2026-yilgi Osiyo Kubogining ilk uchrashuvi oldidan davlat madhiyasini ijro etmadi.

Ushbu norozilik harakati Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgan — Isroil va AQSH Eronga zarbalar berayotgan, Eron esa Isroil hamda AQSHning BAA va boshqa davlatlardagi bazalariga hujum bilan javob qaytarayotgan bir paytda yuz berdi.

Turnirning ilk o‘yinida Eron jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Guruhdan, shuningdek, Avstraliya va Filippin terma jamoalari ham joy olgan. Bu eronlik futbolchilar uchun mamlakatga hujumlar boshlanganidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi.

Eron ayollar terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Tojning bayonoti fonida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat erkaklar terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, jamoa o‘tgan yilgi saralash bosqichi natijalariga ko‘ra Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi, biroq guruh bosqichining barcha o‘yinlari AQSHda o‘tkazilishi belgilangan. Turnir 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat klublar futboliga ham ta’sir ko‘rsatdi. OFK Chempionlar Ligasining 1/16 final uchrashuvlari, shuningdek, OFK Chempionlar Ligasi 2 turnirining 1/4 finali va Chaqiruv Kubogi (Challenge Cup) bahslari noma’lum muddatga qoldirildi. Ushbu o‘yinlar dastlab 2–4-mart kunlariga belgilangan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar