Daryo

Maxachevga yengilmas jangchi raqib bo‘lishi mumkin

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempionining bo‘lajak raqibi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish31 190 ko‘rishlar0 izoh24

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev navbatdagi jangini ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi o‘tkazadi. Jang 12 iyul kuni Las Vegas shahrida o‘tadigan Xalqaro janglar haftaligi doirasida tashkil etiladi.

26 yoshli Morales UFC yarim o‘rta vazn reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ekvadorlik jangchi professional faoliyatida 19 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U so‘nggi bor 2025 yil noyabr oyida o‘tkazilgan UFC 322 turnirida Shon Breydini nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.

Maxachev esa ushbu oqshomning markaziy jangida UFC yarim o‘rta vazn chempionlik kamari uchun Jek Della Maddalena ustidan g‘alaba qozongan. 34 yoshli dog‘istonlik sportchi MMA’dagi faoliyati davomida 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Avvalroq, Islomning menejeri Ali Abdulaziz UFC promousheni yarim o‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni uchun katta to‘qnashuv tayyorlayotganini ma’lum qilgan edi.

Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, Maxachev yilning eng kutilgan musobaqasi — UFC Oq uy turnirida ishtirok etmaydi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar