“Barselona” va “Atletiko Madrid” jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya Kubogining yarim finali javob uchrashuvi yakunlandi. “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda 3:0 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvdagi birinchi golni 30-daqiqada “Barselona” yarim himoyachisi Mark Bernal kiritdi. Birinchi bo‘lim yakunida Pedriga qarshi ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng penalti belgilandi. 45+5-daqiqada Rafinya uni aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limda “ko‘k-anorranglilar” hujumlar sonini oshirdi. 72-daqiqada Mark Bernal dubl qayd etdi — 3:0. Mazkur natija bellashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Ushbu juftlik ishtirokidagi dastlabki o‘yinda Madrid klubi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Shu tariqa “Atletiko” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogi finaliga yo‘l oldi. Ikkinchi yarim final bellashuvi “Atletik Bilbao” va “Real Sosyedad” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya Kubogi
Yarim final javob uchrashuvi
“Barselona” — “Atletiko” 3:0
Gollar: 1:0 — Bernal (30), 2:0 — Rafinya (45+5), 3:0 — Bernal (72)








