Daryo

Umradagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun repatriatsiya reyslari tashkil etiladi

O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalar fuqarolarni umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turadi.

1 daqiqa o‘qish114 463 ko‘rishlar0 izoh92

Umraga ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida repatriatsiya reyslari tashkil etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha O‘zbekiston ziyoratchilarini umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borishni to‘xtatib turish vazifasi yuklatildi. Bu cheklov, shu jumladan, Uzbekistan Airways’ning Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslariga ham taalluqlidir.

Aviakompaniya tomonidan 2026-yil 2-martdan boshlab, umra dasturi doirasida Uzbekistan Airways reyslari orqali Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Jidda—Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Bundan avval O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktirilishi xabar qilingandi.

Yaqin Sharqda kuzatilayotgan urush tufayli havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilingan.  Shu bois Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharqdagi davlatlarga safar uyushtirmaslikni tavsiya qilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar