Daryo

O‘zbekistonliklarga Isroil hududini vaqtincha tark etish tavsiya qilindi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroil hududini vaqtincha tark etishni tavsiya qildi. Isroilni Misr chegarasidagi tun-u kun faoliyat yurituvchi “Begin” chegara o‘tish punkti orqali chiqish tavsiya etildi. O‘zbekiston fuqarolari Sinay yarimoroliga kirish uchun viza shart emasligi eslatildi.

1 daqiqa o‘qish6 948 ko‘rishlar0 izoh2

Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuvi ortidan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘z fuqarolariga shoshilinch tavsiya bilan chiqdi.

Bayonotda o‘zbekistonliklarga hushyorlikni saqlash, Isroil hukumati tomonidan belgilangan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish va imkon qadar keyingi ko‘rsatmalar olingunga qadar maxsus jihozlangan xavfsiz hududlarda bo‘lish qat’iy tavsiya etilgan.

Elchixona rasmiy ko‘rsatmalarga diqqat bilan amal qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqishni cheklash va xotirjamlikni saqlash muhimligini ta’kidlangan va vaziyat barqarorlashgunga qadar mamlakatni vaqtincha tark etish tavsiya qilingan.

“Isroil-Misr chegarasidagi tun-u kun ishlaydigan “Begin” chegara o‘tish punktiga alohida e’tibor qaratilgan; shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining Sinay yarimoroliga kirishi uchun viza talab qilinmaydi. Chegaradan o‘tishni tezlashtirish maqsadida chegara bojlarini oldindan onlayn tarzda to‘lash tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonliklarga boshqa quruqlikdagi o‘tish punktlaridan foydalanish tavsiya etilmagan. Ma’lum qilinishicha, ularning ish vaqti o‘zgarishi mumkin, shuning uchun sayohatni rejalashtirishdan oldin dolzarb ma’lumotlarni aniqlashtirish haqida ogohlantirilgan.

Elchixona, shuningdek, fuqarolarni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning rasmiy manbalaridagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishga hamda Isroil xizmatlarining ogohlantirishlari va tavsiyalarini inobatga olishga chaqiradi.

Favqulodda vaziyatlarda vatandoshlar quyidagi telefon raqamlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076, +972 54 485 1397 yoki [email protected] elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar