Daryo

Ispaniyada futbol o‘yini vaqtida muxlis vafot etdi

82 yoshli muxlisning vafoti sababli “Sporting” va “Leganes” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bekor qilindi.

1 daqiqa o‘qish2 890 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniyaning ikkinchi raqamli chempionati Segunda divizioni 28-turi doirasidagi “Sporting” (Xixon) va “Leganes” o‘rtasidagi o‘yin vaqtida 82 yoshli futbol muxlisi vafot etdi. Bu haqda Xixon klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlisning ahvoli yomonlashgani sababli uchrashuv to‘rtinchi daqiqadayoq to‘xtatilgan. Tibbiy guruh unga birinchi yordamni ko‘rsatgan, biroq 40 yil davomida “Sporting” o‘yinlari uchun abonement egasi bo‘lgan erkak muxlisning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Yuz bergan voqeadan so‘ng uchrashuv to‘xtatilgan.

“Bugun juda qayg‘uli kun. Joying jannatda bo‘lsin. Biz uning oilasi va yaqinlariga o‘z yordamimiz va muhabbatimizni bildiramiz”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Sporting” va “Leganes” o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yinning sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar