Daryo

“Barselona” o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlarni rad etdi: Klub tuhmatchilarni sudga berishi mumkin

Muxlislaridan biri klub rahbariyatini og‘ir moliyaviy jinoyatlarda ayblab, sudga murojaat qilgan. Da’vo arizasida klub mutasaddilari pul yuvish va asossiz komissiya to‘lovlarini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 620 ko‘rishlar0 izoh2

“Barselona” futbol klubi rahbariyatga nisbatan bildirilgan moliyaviy jinoyatlar haqidagi ayblovlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Avvalroq, klub muxlislaridan biri rahbariyatni pul yuvish va asossiz komissiya to‘lovlarini amalga oshirishda ayblab, sudga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Klubning ma’lum qilishicha, 15-yanvar kuni bir guruh jurnalistlar va korrupsiyani o‘rganuvchi tashkilot (OCCRP) “Barselona” rahbariyati bilan bog‘lanib, o‘zlaridagi ma’lumotlar haqiqatga qanchalik yaqinligini aniqlashtirmoqchi bo‘lgan. “Barselona” o‘tkazgan ichki va tashqi tahlillar esa ushbu hujjatlarning mutlaqo soxta va qo‘pol ravishda qalbakilashtirilganini ko‘rsatgan. Klub 19-yanvar kuni jurnalistlarni ma’lumotlar yolg‘onligidan ogohlantirib, maqolani chop etishdan tiyilishni so‘ragan.

Kataloniyaliklar ushbu holat bo‘yicha quyidagi choralarni ko‘rishini e’lon qildi:

  • Yolg‘on hisobot taqdim etgan va hujjatlarni qalbakilashtirgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘riladi;
  • Klubning Intizom qo‘mitasiga ushbu shaxslarga nisbatan eng qat’iy jazolarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma beriladi;
  • Yolg‘onligini bila turib, ushbu ma’lumotlarni tarqatgan OAV vakillari bilan sud orqali hisob-kitob qilinadi.

“Barselona” rahbariyati ushbu mojarolar aynan klubdagi saylov jarayonlari vaqtida yuzaga chiqayotganidan afsusda ekanini bildirdi. Shuningdek, rahbariyat mazkur mojarolarni saylov jarayonlariga putur yetkazish hamda klub a’zolarini chalg‘itishga bo‘lgan urinish deb baholagan. Bayonotda ta’kidlanishicha, bunday tuhmatlar orqali odamlarning fikrini noto‘g‘ri tomonga burish ko‘zlangan. Qolaversa, klub barcha OAV va saylov ishtirokchilarini tasdiqlanmagan hamda tuhmatga asoslangan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.

Yanada ko‘proq sport xabarlarini @Daryo_Sport24 Telegram-kanalida kuzatib boring.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar