Daryo

Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashdi (video)

Hodisa yangi adliya vaziri qasamyod qilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Muxolifatdagi deputatlar uning tayinlanishiga qarshi chiqqan.

1 daqiqa o‘qish8 324 ko‘rishlar0 izoh3

Turkiya parlamentida deputatlar Adliya vazirligiga bahsli tayinlov tufayli mushtlashdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Mojaro muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi hamda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘rtasida yuz berdi. Hodisa yangi adliya vaziri Akin Gurlek qasamyod qilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Muxolifat deputatlari prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan tayinlangan Istanbul bosh prokurori Akin Gurlekning parlamentda qasamyod qabul qilishiga to‘sqinlik qilishga uringan. Vaziyat keskinlashib, deputatlar bir-birini itara boshlagan, ayrimlari esa musht ham tushirgan.

Istanbul bosh prokurori Akin Gurlek 2025-yilning mart oyida shahar meri Akrom Imomo‘g‘lini hibsga olishga order bergan. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan. Imomoʻgʻli prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘onning asosiy siyosiy raqibi sifatida tanilgan. 2028-yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan Imomo‘g‘li 12 ta poraxo‘rlik, 7 ta jinoiy daromadlarni legallashtirish va yana 7 ta davlat muassasalari va tashkilotlariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha ayblangan.

Anadolu axborot agentligining baholashicha, ayblovlar 2430 yillik qamoq jazosini nazarda tutadi. Mart oyida merning hibsga olinishi keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga, yuzlab hibsga olishlarga va politsiyaning namoyishlarni bostirishiga sabab bo‘ldi. O‘shandan beri Istanbul sobiq meri Marmar qamoqxonasida saqlanmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar