Daryo

“Nyukasl” ustozi “Chelsi”ni boshqarishi mumkin

Londonliklar Enso Mareska o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 108 ko‘rishlar0 izoh0

“Chelsi” rahbariyati jamoaning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska bilan xayrlashilgach, yangi murabbiy qidirishda davom etmoqda. Football Insider nashri xabariga ko‘ra, londonliklar “Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi Eddi Xauga murojaat qilib, uning “ko‘klar”ni boshqarishga tayyor-tayyor emasligini aniqlashga harakat qilgan.

Manbaga ko‘ra, asosiy nomzod sifatida hozircha “Strasburg”da faoliyat yuritayotgan Liam Rosenyor ko‘rilmoqda. Biroq “Chelsi” rahbariyati Angliya chempionatida ishlash tajribasiga ega mutaxassislarni ham ko‘zdan kechirmoqda va shu sababli Eddi Xau nomi ham kun tartibiga chiqdi.

48 yoshli mutaxassis 2021-yil noyabridan buyon “Nyukasl”ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsum Angliya Premyer Ligasi 19-turidan so‘ng “qarg‘alar” 26 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi. “Chelsi” esa 30 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi pog‘onada bormoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar