Daryo

“PSJ” Luis Enrike bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

Ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalar tomonidan ham qiziqish yuqori ekani qayd etilmoqda. Mazkur holatlar fonida parijliklar rahbariyati Enrike bilan muzokara boshladi.

1 daqiqa o‘qish3 572 ko‘rishlar0 izoh0

Parijning “PSJ” klubi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni boshladi. Klub rahbariyati ushbu jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalar tomonidan ham qiziqish yuqori ekani qayd etilmoqda. Shu bois, Parij klubi Luis Enrike bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashni reja qilgan. Klub ichidagi manbalarning ta’kidlashicha, dastlabki muzokaralar sokin va ijobiy muhitda o‘tgan bo‘lib, barcha masalalar belgilangan muddatlarda hal etilishi kutilmoqda. “PSJ” rahbariyati mutaxassis bilan mavsum yakuniga qadar yangi kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Luis Enrike “PSJ”ni 2023-yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida parijliklar ikki bor Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, ikki marta Fransiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, jamoa 2024/2025-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi hamda Qit’alararo kubok sohibiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiya chempionatining 20-turidan so‘ng “PSJ” 48 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar