Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda.
6-fevral kuni Pokiston poytaxtidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi. Portlash Xadijatul Kubro masjidida juma namozi paytida yuz bergan. Mahalliy hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, 169 kishi jarohat olgan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirgan va sodir etilgan voqeani terrorizm harakati deb baholagan.







