Daryo

“Arsenal” hamda “Chelsi” 100 mln yevrolik futbolchi uchun kurash olib bormoqda

Ayni paytda Braziliya klubi tomonlar bilan faol tarzda muzokara o‘tkazmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 207 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Arsenal” klubi Braziliyaning “Korintians” jamoasi yarim himoyachisi Breno Bidonni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib bordi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda. Biroq futbolchi uchun kurashga “Chelsi” ham aralashishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda 20 yoshli braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish borasida “Arsenal” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, “Korintians” parallel tarzda boshqa jamoalar bilan ham muzokara o‘tkazmoqda. Sababi Bidon shartnomasida 100 million yevrolik tovon puli belgilangan.

Biroq San-Paulu klubi futbolchining hozirgi imkoniyatlarini real baholamoqda va yozgi transferlar oynasi vaqtida uni 30 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Breno Bidon 2024-yil mart oyidan buyon “Korintians” asosiy jamoasida to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalar doirasida 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Bidonning hozirgi bozor qiymati 14 million yevroni tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar