Daryo

“Morena Klara”: afsonaviy serial qahramonlari 31 yildan so‘ng qanday ko‘rinishda?

“Morena Klara” 1994-yilda Venesuelada suratga olingan melodrama janridagi serial bo‘lib, 1995-yilda ekran yuzini ko‘rdi.

4 daqiqa o‘qish181 731 ko‘rishlar0 izoh97

“Morena Klara” 1994-yilda Venesuelada suratga olingan melodrama janridagi serial bo‘lib, 1995-yilda ekran yuzini ko‘rdi. Tomoshabinlar e’tiborini tortgan serial voqealarga ko‘ra, bosh qahramon Klara Rosa Gusman ­Santa-Barbara-del-Suliyada yashovchi badavlat Emiliano Andara va daryoda oqib ketganligi uchun o‘lik deb taxmin qilingan Rozalindaning farzandi edi.

Uning otasi bolani tan olishdan bosh tortadi va hatto uni ko‘rishni ham istamaydi. Klaraning kambag‘al xolasi uni ikki o‘g‘li bilan birgalikda tarbiyalaydi. Garchi qiz yaxshi hayot haqidagi orzular bilan yashagan bo‘lsa-da, oilaning moliyaviy ahvoli tufayli ko‘chada savdo-sotiq bilan tirikchilik qilishga majbur bo‘ladi.

Ayni paytda Emiliano Andara mamlakatning muhim kishisi edi, uning ashaddiy dushmani Lissandro Pradoga birinchi rafiqasi Monserrat turmushga chiqadi. O‘zi esa ikkinchi xotini Euxeniya bilan vafot etgan akasining ikki o‘g‘li Valentin va Fransiskoni tarbiya qiladi. Valentin esa Pradoning qizi Linda bilan uchrashib turadi.

Foto: AdMe

To‘satdan shaharda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik to‘lqini Klara va Valentinning uchrashishiga sabab bo‘ladi. Va shu paytdan boshlab ularning hayotida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Chunki bu to‘qnashuvda paydo bo‘lgan muhabbat ikki yoshga ham bir qator hayajonli voqealarga yo‘l ochib bergan edi.

Venesuelaning eng muvaffaqiyatli teleseriallaridan biri O‘zbekistonda ham katta qiziqish bilan tomosha qilingan. Serialning bosh qahramonlari 30 yil ichida qanday o‘zgargani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Klara Rosa Gusman — Astrid Karolina Errera

Foto: Instagram

Karolina Venesuelaning poytaxti Karakasda 1963-yil 23-iyunda tug‘ilgan. Aktrisaning ilk faoliyati 1984-yil “Venesuela go‘zali” tanlovida ishtirok etishdan boshlanadi. So‘ngra “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘ldi, ammo bu paytda u aktrisalik faoliyatini boshlash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Karolina faqatgina tanlovlarda ishtirok etishni yoqtirgan. Shundan so‘ng unga turli xil reklamalar, roliklar, moda va televideniyedan takliflar tushgan.

“Raqobat tufayli juda kam odam boshdan kechiradigan tajribalarni orttirdim. Menga butun dunyo toj kiydirgandi, shu bilan birga mas’uliyat, unvon egasi bajarishi kerak bo‘lgan vazifa ham yuklatilgandi. Men o‘zimni taqdir tanlab olgan inson kabi his qildim”, deydi aktrisa.

Foto: Instagram

Valentin Andara— Luis Xose Santander

Foto: Instagram

Meksika va Venesulaning mashhur aktyori Luis Xose Santander 1960-yil Karakasda dunyoga kelgan. Avval oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketadi. Bir muddatdan so‘ng yana vataniga qaytib keladi. Aktyor bolaligidan juda ko‘p kasblarning egasi bo‘lishni orzu qilar edi.

Foto: Instagram

Dastlab biolog, keyinchalik shifokor bo‘lishni istagan va tibbiyot fakultetida ikkinchi kursgacha ta’lim olgan. Keyinchalik muhandislik yo‘nalishida o‘qiy boshlaydi. 1980-yildan teatrda o‘z faoliyatini boshlaydi va 1987-yildan film va serialda suratga tushgan. Uni dunyoga mashhur qilgan serial “Morena Klara” bo‘lib, loyihadagi ishtiroki  uchun bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo‘lgan.

Andino— Alexandro Martinez

Foto: Instagram

Serial qahramonlaridan biri Alexandro Martinez 1966-yil 22-dekabrda Kolumbiyaning Bogota shahrida tug‘ildi. 1991-yilda model Adriana Arboleda bilan turmush qurdi. Aktyor ijodi davomida 17 dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.

Foto: Instagram

Jennifer— Karolina Kristancho

Foto: Instagram

Serialda Jennifer obrazida namoyon bo‘lgan Karolina Kristancho 1968-yil 17-dekabrda Venesuelaning Karakas shahrida dunyoga keldi. Aktrisa 10 yillik ijodi davomida 7 ta filmda ajoyib rollarni ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Karolina harbiy ma’lumotga ega aktrisa. U Ayakuchcho harbiy litseyida bakalavr bosqichini tamomlagan va harbiy muhandislar oliygohida 1 yil o‘qigan. Keyinchalik o‘zini aktyorlik kasbiga bag‘ishlaydi. 1990-yil bo‘lib o‘tgan “Venesuela go‘zali” tanlovida Karolina oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi.

Foto: Instagram

Emiliano Andara— Xulio Manuel Garsia Bastida

Foto: Instagram

Xulio ijodiy faoliyatini 17 yoshidan boshladi. Dastlab u teatr uchun ssenariylar yozdi, drama maktabini tugatgandan so‘ng aktyorlik faoliyatini boshladi. 1973-yilda Venesuelaga ko‘chib ketgan aktyor u yerda ham teatr va televideniyeda ishladi. Aktyor teatrda 50 dan va telenovella va kinolarda 20 dan ortiq rol ijro etdi.

Linda Prado— Gabriyela Spanik

Foto: Instagram

Gabriyela Spanik 1973-yil 10-dekabrda Venesuelada tug‘ilgan. Uning Daniyela ismli egizak singlisidan tashqari bir akasi va singlisi bor. Spanikning buvisi va bososi Xorvatiyadan 1947-yil ko‘chib kelgan. Gabi aslida psixologiya bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lsa-da, hamisha rol o‘ynashga qiziqar edi. 1992-yil Gabi “Venesuela go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgan.

Magdalen Valyan — Luli Bossa

Foto: Instagram

Luli Bossa 1963-yil 14-mayda Kolumbiyada tug‘ilgan. Aktrisa kino olamiga 1989-yilda kirib keldi va ayni damda uning 27 dan ortiq rollari mavjud.

Lissandro Prado— Enri Galue

Foto: Instagram

Asli kelib chiqishi irlandiyalik bo‘lgan Enri Galue “Morena Klara” serialida Lissandro Prado obrazini gavdalantirgan. Aktyor 1951-yil 9-fevralda Venesuelaning Marakaybo shahrida tavallud topgan.

Monserrat Prado— Yaxayra Orta

Foto: Instagram

Yaxayra Orta serialdagi eng esda qolarli obrazlardan biri — Monserratni ijro etgan. U ijodiy faoliyatini 17 yoshdan boshlagan. Aktrisa umrining 52 yilini teatr, film va TVga va bag‘ishladi. Yaxayraning bir nafar farzandi — qizi bor. 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar