Daryo

Turkiyada noqonuniy maqomdagi o‘zbekistonliklar deportatsiyasiz legallashtiriladi

Ushbu davlatdagi o‘zbekistonliklar uchun ish, himoya va qonuniylik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

1 daqiqa o‘qish8 148 ko‘rishlar0 izoh10

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar uchun ish, himoya va qonuniylik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Bu haqda 29-yanvar kuni Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agentlik rahbari Behzod Musayev va Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Ishikxan o‘rtasida qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:

  • Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyotini davom ettirish;
  • Turkiyada 3 yil doimiy asosda yashab kelgan o‘zbekistonliklarga 1-martdan boshlab, ilk bor ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma berish;
  • Mehnat vazirligi huzuridagi ISKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasblarni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qilish kabi masalalar bo‘yicha bitim imzolash.
Foto: Migratsiya agentligi
Foto: Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi Turkiyaning KSK Temizlik kompaniyasi bilan Anqarada qurilayotgan yirik qurilish obyektlarga 2026-yil davomida 2,5 ming nafar o‘zbekistonlik quruvchilarni jalb etishga ham kelishdi.

Foto: Migratsiya agentligi

2025-yilning iyulida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullangandi. O‘shanda Turkiyaning deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgandi. Migratsiya agentligi barcha fuqarolarni qonuniy ishlashga chaqirgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar