Daryo

“Tottenhem”ning ikki nafar futbolchisi YTHga uchradi

Kolo Muani va Uilson Odober aeroportga ketayotgan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan bo‘lib, hodisa avtomobil shinasining yorilishi oqibatida yuz bergan.

1 daqiqa o‘qish3 526 ko‘rishlar0 izoh1

Londonning “Tottenhem” klubi futbolchilari — Randal Kolo Muani va Uilson Odober yengil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa avtomobil shinasining yorilishi oqibatida yuz bergan. Ayni paytda futbolchilar o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. “Tottenhem” 28-yanvar, seshanba kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Ayntraxt”ga qarshi bahs olib boradi va futbolchilar jamoa bilan Frankfutga yetib kelgan.

Kolo Muani va Odober aeroportga ketayotgan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan, shu sababli ular Frankfurtga biroz kechikib yetib borgan. Biroq bosh murabbiy futbolchilar maydonga tushishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

“Randal Kolo Muani va Uilson Odoberning ahvoli yaxshi. Afsuski, ular kichik hodisaga duch keldi, biroq barcha ishtirokchilar sog‘-salomat. Shina yorilib ketdi, shu sababli biroz kechikish bo‘ldi. Hammasi joyida. Ular keyinroq uchib keldi va men ularning “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga ishonaman”, deydi Tomas Frank.

Foto: GB News

Ma’lumot uchun, 7-turdan so‘ng “Tottenhem” Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Agar londonliklar “Ayntraxt” ustidan g‘alaba qozonsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar