Daryo

Ronaldu 2027-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaydi — Ben Jeykobs

“An-Nassr” rahbariyati futbolchining 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Mazkur holat ortidan hujumchi futbolchilik karyerasini yakunlashi mumkin.

1 daqiqa o‘qish3 970 ko‘rishlar0 izoh6

Portugaliya milliy terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 2027-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu va “An-Nassr” rahbariyati futbolchining 2027-yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shu sababli, o‘sha vaqtda 42 yoshga to‘ladigan portugaliyalik hujumchi faoliyatini yakunlash qarorini qabul qilishi ehtimoli yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, hujumchi 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini ham yakunlashi kutilmoqda. Shuningdek, Ronaldu bir necha bor o‘zining asosiy shaxsiy maqsadi futbolchilik faoliyati davomida 1000 ta gol urish ekanini ochiq aytgan. Ayni paytda tajribali futbolchining hisobida 960 ta gol mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu 2023-yildan beri “An-Nassr” sharafini himoya qiladi. Hujumchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16 ta gol urdi hamda 1 ta golga uzatma yozdirib qo‘ygan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar