Daryo

AQSH Grenlandiyadagi bazasiga harbiy samolyotlar yubordi

Ushbu harakat oldindan rejalashtirilgani, shuningdek, bu Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Daniya o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan tadbirlarning bir qismi ekani ta’kidlandi.

1 daqiqa o‘qish7 576 ko‘rishlar0 izoh2

AQSH prezidenti Donald Trampning Daniya tarkibidagi avtonom hudud hisoblangan Grenlandiyani sotib olish haqidagi tashabbusi ortidan mintaqada keskinlik kuchaygan bir vaqtda, Amerika harbiylari oroldagi Pituffik aerokosmik bazasiga harbiy samolyotlarini yubordi. Bu haqda Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi (NORAD) o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

NORAD AQSH va Kanadaning qo‘shma mudofaa tashkiloti hisoblanadi. Tashkilotning ta’kidlashicha, samolyotlar yaqin vaqt ichida Grenlandiyadagi Pituffik koinot bazasiga yetib keladi. Qo‘mondonlik ushbu joylashtirish jarayoni AQSH, Kanada va Daniya o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikka asoslangan hamda avvaldan rejalashtirilgan tadbirlarning bir qismi ekanini bildirmoqda. Shuningdek, bayonotda quyidagilar ochiqlangan:

  • harbiy bo‘linmalarning harakati Daniya bilan muvofiqlashtirilgan;
  • barcha kuchlar tegishli diplomatik ruxsatnomalar asosida harakat qilmoqda;
  • Grenlandiya ma’murlari rejalashtirilgan operatsiyalar haqida xabardor qilingan.
“Samolyotlar Shimoliy Amerikani himoya qilish bo‘yicha odatdagi tarqoq operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi xabarda.

Pituffik bazasi ahamiyati

Ilgari Thule harbiy-havo bazasi deb nomlangan Pituffik aerokosmik bazasi Grenlandiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan. U AQSHning muhim harbiy obyekti va aloqa markazi bo‘lib, u yerda raketaga qarshi ogohlantirish tizimi mavjud. Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibidagi o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega hudud bo‘lib, u quyidagi sabablarga ko‘ra Donald Trampda katta qiziqish uyg‘otgan:

  • Arktikadagi strategik joylashuvi;
  • boy mineral resurslari;
  • hududda Rossiya va Xitoy ta’sirining kuchayishi borasidagi xavotirlar.

Shunga qaramay, ham Daniya, ham Grenlandiya rasmiylari orol transfer qilinishi haqidagi har qanday taklifni qat’iyan rad etib, hudud Daniya tasarrufida qolishini qayta-qayta ta’kidlamoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar