Daryo

“Vikipediya” tarixidagi eng mashhur sahifalar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu — 6-o‘rinda

Reytingga 2008-yildan hozirgi kungacha eng ko‘p ko‘rilgan sahifalar kiritilgan bo‘lib, Argentina futbol terma jamoasi sardori Lionel Messi 11-o‘rinni egallagan.

1 daqiqa o‘qish3 838 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Vikimedia” fondi tomonidan taqdim etilgan reytingda oltinchi o‘rinni band etdi. Mazkur fond internet-ensiklopediya — “Vikipediya”ga egalik qiladi. Reytingga 2008-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda eng ko‘p ko‘rilgan 25 ta sahifa kiritilgan.

Reytingga ko‘ra, Ronalduga bag‘ishlangan “Vikipediya” sahifasi 209 million martadan ortiq ko‘rilgan bo‘lib, bu umumiy ro‘yxatda oltinchi natija hisoblanadi. Shuningdek, argentinalik futbolchi Lionel Messining sahifasi 169 million marta ko‘rilib, 11-o‘rinni egallagan. Sportchilar orasida ushbu reytingga faqat Ronaldu va Messi kiritilgan.

“Vikipediya” tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan sahifalar:

  1. Yillar bo‘yicha vafot etganlar ro‘yxati — 647 mln 25 ming 321 marta
  2. AQSH — 328 mln 501 ming 200 marta
  3. Donald Tramp — 325 mln 397 ming 973 marta
  4. Yelizaveta II — 253 mln 385 ming 102 marta
  5. Hindiston — 210 mln 779 ming 909 marta
  6. Krishtianu Ronaldu — 209 mln 262 ming 818 marta
  7. Barak Obama — 200 mln 619 ming 72 marta
  8. Ilon Mask — 197 mln 557 ming 694 marta
  9. Ikkinchi jahon urushi — 196 mln 185 ming 39 marta
  10. Buyuk Britaniya — 180 mln 986 ming 829 marta
  11. Lionel Messi — 169 mln 27 ming 752 marta
  12. Maykl Jekson — 168 mln 519 ming 508 marta

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2025-yilning eng serdaromad sportchisi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi yil davomida 260 million AQSh dollari miqdoridagi daromad bilan barcha sportchilar orasida birinchi o‘rinni egallagan. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi esa 130 million AQSh dollari bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar