Daryo

Vinisius Xabi Alonsoning “Real”dan ketishiga asosiy sababchilardan biri hisoblanadi — The Touchline

Alonso “Real”ni qabul qilib olganidan keyin o‘tkazilgan ilk mashg‘ulotni Vinisius “juda intensiv” deya ta’riflagan.

1 daqiqa o‘qish12 529 ko‘rishlar0 izoh12

Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso olib borgan mashg‘ulotlar uslubidan norozi bo‘lgan. Bu haqda The Touchline nashri o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, Alonso “Real”ni qabul qilib olganidan keyin o‘tkazilgan ilk mashg‘ulotni Vinisius “juda intensiv” deya ta’riflagan. Oradan bir necha oy o‘tib esa braziliyalik futbolchi bilan bir qatorda jamoaning yana bir nechta yetakchi futbolchilari ham murabbiy qarashlarini qo‘llab-quvvatlamagani ma’lum bo‘ldi. Futbolchilar mashg‘ulot jarayonini haddan tashqari og‘ir va charchatadigan deb hisoblagan.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng “Real”ni tark etdi. Madridliklar bosh murabbiyligiga esa jamoaning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa tayinlandi. Arbeloa bungacha “Real Madrid Kastilya” jamoasini boshqarib kelgan edi.

Ayni paytda Ispaniya La Ligasining 20-turidan keyin Alvaro Arbeloa boshchiligidagi “qirollik klubi” 48 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam “Barselona”dan bir ochkoga ortda qolmoqda (“Barselona” bitta kam o‘yin o‘tkazgan). Jamoa navbatdagi uchrashuvini safarda “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar