“Manchester Yunayted” klubi “Nottingem Forest”ning 23 yoshli markaziy himoyachisi Murilyo nomzodini Harri Maguayr uchun o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” braziliyalik futbolchini 2026-yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Murilyo 2025-yil yanvar oyida shartnomasini uzaytirganiga qaramay, “o‘rmonchilar” safini tark etishga tayyor. Bunga jamoaning oxirgi uchrashuvlardagi natijalari sabab bo‘lmoqda. Agar “Nottingem” joriy mavsum Yevropa Ligasida g‘alaba qozona olmasa, keyingi mavsum Chempionlar Ligasida qatnasha olmasligi mumkin. Futbolchi esa qi’taning eng nufuzli musobaqasida qatnashish uchun boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq futbolchiga “Chelsi”, “Barselona” hamda “Arsenal” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, mazkur jamoalar ham braziliyalik himoyachini o‘z jamoasiga taklif qilishni istamoqda.
Joriy mavsumda Murilyo “Nottingem Forest” safida jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Murilyoning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.








