Daryo

La Liga. Alvaro Arbeloa “Real”dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

“Qirollik klubi” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Levante”dan ustun keldi.

1 daqiqa o‘qish3 076 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniya La Ligas 20-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Levante” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. 17-yanvar, shanba kuni Madriddagi “Santiago Bernabeu” stadionida kechgan bahsda “qirollik klubi” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdagi hisob 58-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Fransiyalik hujumchi hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, tablodagi natijani 1:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 7-daqiqa o‘tib, Madrid klubi hisobni yiriklashtirdi. 65-daqiqada Raul Asensio “Real”ning o‘yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “qirollik klubi” 20-turda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Alvaro Arbeloa “qirollik klubi” boshqaruvidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ayni paytda madridliklar 48 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lubiyatga uchragan “Levante” esa 14 ochko bilan 19-pog‘onani band etgan. 

Ispaniya La Ligasi

20-tur

“Real Madrid” — “Levante” 2:0
Gollar:
1:0 — Mbappe (58, penalti), 2:0 — Asensio (65)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar