Daryo

Buxoro shahrining bosh rejasi prezidentga taqdim etildi

Unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, kongress-xoll, amfiteatr, yuqori toifali mehmonxona kabilarni ichiga olgan tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish nazarda tutilgan.

1 daqiqa o‘qish4 724 ko‘rishlar0 izoh4

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Buxoro shahrining bosh rejasi taqdim etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, unda qulay shahar muhitini shakllantirish, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, kongress-xoll, amfiteatr, kutubxona kabilarni o‘z ichiga oladigan ko‘p funksiyali majmua sifatida tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish nazarda tutilgan.

Kompleksda fud-xoll, chakana savdo va tijorat obyektlari hamda yuqori toifali mehmonxonani qurish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident 2024-yil 31-may kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoro shahrini 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishgandi.

Shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i bunyod etilishi rejalashtirilgan. Bog‘da Buxoro tarixi zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar