Daryo

Afrika Millatlar Kubogi. Senegal Misrni mag‘lub etib finalga yo‘l oldi

G‘alaba goli “An-Nassr” klubi futbolchisi Sadio Mane tomonidan kiritildi.

1 daqiqa o‘qish4 083 ko‘rishlar0 izoh1

Afrika Millatlar Kubogi yarim finali doirasida Senegal va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bahs Marokashning Tanjer shahrida joylashgan “Ibn Batuta” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Senegal terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada Senegal hujumchisi Sadio Mane tomonidan kiritildi. Saudiya Arabistoning “An-Nassr” klubi futbolchisi uzoq masofadan yo‘llangan zarbasi bilan hisobni ochdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Turnir finalida Senegal terma jamoasi Nigeriya — Marokash juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

2026-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi Marokashda bo‘lib o‘tmoqda. Senegal terma jamoasi chorak final bosqichida Mali ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olgan, Misr esa 1/4 finalda Kot-d’Ivuar terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Turnirning amaldagi g‘olibi Kot-d’Ivuar bo‘lib, jamoa 2023-yilgi musobaqa finalida Nigeriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar