Daryo

Afrika Millatlar Kubogi. Marokash Nigeriyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib finalga yo‘l oldi

Marokash mezbonlik qilayotgan turnirning yarim final bosqichi yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish3 384 ko‘rishlar0 izoh0

Afrika Millatlar Kubogi yarim finali doirasida Nigeriya va musobaqa mezboni Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Marokashning Rabot shahrida joylashgan “Shahzoda Mulay Abdulloh” stadionida bo‘lib o‘tdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida esa marokashliklar 4:2 hisobida zafar quchib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani hujumchi Yusuf En-Nesiri aniq amalga oshirdi.

Turnir finalida Marokash terma jamoasi Senegal bilan to‘qnash keladi. Senegal yarim finalning dastlabki uchrashuvida Misr terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Uchinchi o‘rin uchun bahs 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi, final uchrashuvi esa 18-yanvar kuniga belgilangan.

Afrika Millatlar Kubogining amaldagi g‘olibi Kot-d’Ivuar bo‘lib, jamoa 2023-yilgi turnir finalida Nigeriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Avvalroq Marokash Afrika Millatlar Kubogidan 450 milliondan 1,2 milliard dollargacha daromad olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Turnir mamlakat turizmiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Marokash qo‘shimcha ravishda 500 mingdan 1 milliongacha xorijiy mehmonni qabul qildi.

Shuningdek, Marokash o‘yinlar translyatsiyasi huquqlarini sotishdan 22,5 million dollar daromad oldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Marokash Afrika Millatlar Kubogini o‘tkazish uchun infratuzilmaga jami 16,3 milliard dollar sarflagan. Ushbu tayyorgarlik 2030-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini ham o‘z ichiga oladi — qurilgan stadionlardan mundialda ham foydalaniladi. 2030-yilgi Jahon chempionati bir vaqtning o‘zida uchta davlat — Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi. Guruh bosqichi hamda pley-off doirasidagi bir qancha uchrashuvlar ushbu mamlakatda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar