Daryo

Toshkentdagi avtoparkda avtobus butunlay yonib ketdi

Yong‘in avtobusga zapravkada gaz quydirib, avtobus saroyi filialiga olib kelinib, safga qo‘yganidan keyin sodir bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan.

1 daqiqa o‘qish8 803 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shaharidagi “5-avtobus saroyi” filiali hududida avtobus yonib ketdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 13-yanvar kuni soat taxminan 02:03 larda 2018-yilda ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG rusumli avtobusda yuz bergan. Avtobus saroyi filialining navbatchi nozimlari tomonidan zudlik bilan 101 qisqa raqamiga soat 02:10 da qo‘ng‘iroq qilinib, yong‘in haqidagi xabar berilgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘t o‘chirish bo‘linmasi soat 02:20 da filial hududiga yetib kelgan va yong‘in soat 02:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Mazkur avtobusga biriktirilgan 10 yillik ish stajiga ega haydovchi ushbu avtobusda 101-sonli yo‘nalishda harakatlangan bo‘lib, 12-yanvar kuni soat 04:16 da navbatchi mexaniklar tekshiruvidan o‘tib, avtobusni texnik soz holatda soat 05:33 da filial hududidan olib chiqqan hamda yo‘nalishda qatnovlarni to‘liq bajarib soat 22:00 larda yakunlagan.

Shundan so‘ng haydovchi “Davron sifatli gaz” MCHJ gaz quyish shoxobchasiga borib, avtobusga gaz quydirgan va soat 23:29 da filial hududiga qaytib kelib avtobusni eshiklarini yopgan holda safga qo‘ygan.

Foto: Toshkent shahar FVB

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Toshkent shahar FVB boshqarmasi e'lon qilgan suratdan avtobus butunlay yaroqsiz holga kelganini ko‘rish mumkin. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar