Daryo

“Men chek beraman, Messi unga istalgan summani yozishi mumkin” — “Al-Ittihod” prezidenti

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi prezidenti Anmar Al Haili argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga tayyorligini ochiq aytdi.

1 daqiqa o‘qish60 645 ko‘rishlar0 izoh49

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi prezidenti Anmar Al Haili futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga tayyorligini ochiq aytdi.

“Agar Messi ‘Al-Ittihod’ bilan shartnoma imzolashni istasa, men unga chek beraman. Leo unga istalgan summani yozishi mumkin. Shuningdek, biz u bilan har qanday muddatli, hatto umrini oxiriga qadar amal qiladigan bitim imzolashga ham tayyormiz. Men uchun Messining ‘Al-Ittihod’ libosini kiyishi puldan ustun turadi. Agar u jamoamiz bilan shartnoma imzolasa, liga boshlanishidan oldin chempionlikni nishonlaymiz. Sababi bizning tarkibda futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini bo‘ladi”, deydi Anmar Al Haili.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Messi Parijdagi shartnomasi tugagach, unga 1,4 milliard yevro umumiy va yiliga 88 million yevro taklif qilgan, ammo futbolchi bu taklifni rad etgan. Chunki uning oilasi Amerikada yashashni afzal ko‘rgan:

“Men uning qarorini hurmat qilaman. Lekin shuni ham alohida ta’kidlashim kerakki, ‘Al-Ittihod’ eshigi Messi uchun har doim unga ochiq. U istalgan paytda kelishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi Jidda klubi rahbari.

Messi “Barselona” safida 17 yil (2003–2021) davomida to‘p o‘ynagan. Hujumchi ushbu davr mobaynida 778 ta o‘yinda ishtirok etib, 672 ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” bilan 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Argentinalik hujumchi keyinchalik Parijning “PSJ” klubi bilan shartnoma imzoladi va 2023-yilga qadar fransuz klubi sharafini himoya qildi. Hujumchi hozirda AQSHning “Inter Mayami” safida o‘ynamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar