Saudiya Arabistonining Jidda shahri mezbonlik qilagan Ispaniya Superkubogining final uchrashuvi yakunlandi. Unda “Real Madrid” “Barselona”ni hisobda mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. “Qirol Abdulla” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Kataloniya jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 36-daqiqada “Barselona” futbolchisi Rafinya tomonidan ochildi. 45+2-daqiqada Vinisius muvozanatni tikladi. 45+4-daqiqada Robert Levandovski “ko‘k-anorranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 45+7-daqiqada Gonsalo Garsiya hisobni tenglashtirdi — 2:2.
Ikkinchi bo‘lim keskin kurashlar ostida o‘tdi. 73-daqiqada Rafinya “Barselona”ning 3-golini kiritdi. 90+1-daqiqada “Barselona” sardori Frenki De Yong Kilian Mbappega qarshi ishlatgan qo‘polligi sababli qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa “ko‘k-anorranflilar” 16-bor Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.
2025-yilgi turnir finalida ham ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelgan va unda “Barselona” 5:2 hisobida zafar quchgan edi.
Ispaniya Superkubogi
Final
“Barselona” — “Real Madrid” 3:2Gollar: 0:1 — Rafinya (36), 1:1 — Vinisius (45+2), 2:1 — Levandovski (45+4), 2:2 — Gonsalo (45+7), 3:2 — Rafinya (73)








