Daryo

“Mirziyoyev ham zalda shug‘ullanadi”: Qozog‘iston prezidenti hamkasblarining jismoniy holatiga baho berdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zi ham yoga bilan shug‘ullanishi natijasida 9 kiloga ozganini aytdi.

1 daqiqa o‘qish15 335 ko‘rishlar0 izoh11

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zi va hamkasblarining jismoniy holatiga baho berib, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham zalda shug‘ullanishini aytdi. Bu haqda u “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yaqinda prezident Tramp o‘z salomatligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu borada siz yopiq odamsiz. Shu bilan birga, sog‘lig‘ingiz haqida turli xil gaplar bor, ba’zilar vazn yo‘qotganingizni, yaxshiroq ko‘rinishingizni ta’kidlaydi, boshqalari esa buning aksini aytadi. Shu o‘rinda fikr bildira olasizmi?, deya jurnalist Qozog‘iston prezidentiga yuzlangan.

“Sog‘lig‘imdan shikoyat qilmayman: qon bosimi barqaror, me’yorda. Meditatsiyasiz kundalik yoga mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga odatlandim. Haftada bir necha marta sobiq professional o‘yinchi bilan stol tennisi o‘ynayman. Darhaqiqat, 9 kilogramm vazn yo‘qotdim, bu o‘zimni ancha yaxshi his qilishimga yordam berdi”, dedi To‘qayev.

Jurnalist, shuningdek, Qozog‘iston prezidentining hamkasblari orasida yana kimlar xuddi shunday jismoniy faolligi jihatdan ajralib turishi bilan qiziqdi.

“Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzyudochiga qarshi usul qo‘llab, katta avlod sharafini himoya qildi. Aliyev (Ozarbayjon prezidenti) ham jismonan baquvvat, u doimiy ravishda mashq qiladi, Japarov (Qirg‘iziston rahbari) futbol o‘ynaydi. Mirziyoyev yaxshi sport formasida, u ham zalda shug‘ullanadi. Pashinyan (Armaniston bosh vaziri) — velosipedchi. Lukashenko (Belarus rahbari) hanuzgacha xokkey o‘ynaydi. Rahmon (Tojikiston prezidenti) ham sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi. Shunday ekan, barcha hamkasblar ajoyib formada”, dedi To‘qayev.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar