Daryo

Blits bo‘yicha Jahon chempionati. Abdusattorov chempionlik uchun Karlsenga qarshi dona suradi

Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million yevrodan ortiqni tashkil etadi.

1 daqiqa o‘qish5 398 ko‘rishlar0 izoh1

Qatarning Doha shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million yevrodan ortiqni tashkil etadi.

Musobaqaning beshinchi kuni doirasida blits bahslari davom ettirildi va yana 6 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ushbu bahslarda yaxshi natija qayd etib, 6 ta partiyadan 3 tasida g‘alaba qozondi, 2 ta uchrashuvda durang o‘ynadi va bitta partiyada mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, 19 imkoniyatdan 13 ochko jamg‘argan Abdusattorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.

Foto: “worldrapidandblitz2025.fide.com”

Yarim finalda Abdusattorov blits bahslarini 15 ochko bilan 1-o‘rinda yakunlagan hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi bahs olib bordi. O‘zaro qarama-qarshilikda o‘zbekistonlik grossmeyster 2,5:0,5 hisobida raqibidan ustun keldi va finalga yo‘ldi. Endi Nodirbek Abdusattorov chempionlik uchun Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi AQSH vakili Fabiano Karuanani 3:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Final bahsi bugun o‘tkaziladi.

2025-yilgi Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov esa kun davomida 3 ta g‘alaba, 2 ta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etib, 12,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 14-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi musobaqada ham o‘zbekistonlik shaxmatchilar munosib natijalar qayd etmoqda.

O‘zbekistonning uchinchi raqamli shaxmatchisi Umida Omonova kun davomida bitta g‘alaba, bitta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etib, 10 ochko bilan musobaqani 8-o‘rinda yakunladi.

Foto: “worldrapidandblitz2025.fide.com”

Ma’lumot uchun, rapid bo‘yicha bellashuvlarda Magnus Karlsen va Aleksandra Kostenyuk Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar