Daryo

Umar Kremlyov: Halokov bilan bog‘liq vaziyat IBA nazorati ostida

IBA prezidenti vaziyat bo‘yicha xolis va adolatli qaror qabul qilinishini aytib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qish20 234 ko‘rishlar0 izoh16

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov jahon chempionati finalida yuz bergan mojaroli holat — quloq tishlash epizodi bo‘yicha tashkilotning tibbiy va intizomiy komissiyalari masalani ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Dushanba kuni Rossiya terma jamoasi Dubayda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatidan Moskvaga qaytib keldi. 60 kilogrammgacha vazn toifasida rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Final jangida u 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, o‘zbekistonlik Abdumalik Halokovni mag‘lub etdi. Jang davomida Shumkov raqibining qulog‘ini tishlab olgani bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

“Halokov hamda Shumkov o‘rtasidagi jang bilan bog‘liq vaziyat IBA nazorati ostida. Ushbu holatni mas’ul shaxslar, tibbiy va intizomiy komissiyalar ko‘rib chiqadi. Barchani turli xil xulosalardan tiyilishga, aql va professionallik bilan qaror qabul qilishga chaqiraman. Komissiyalar barcha zarur choralarni ko‘radi va ikki tomon bilan muhokamadan so‘ng IBA aniq qarorini e’lon qiladi.

Avvalo sportchilarni, sportimizni va bir-birimizni hurmat qilishni tavsiya etaman. Qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Ta’kidlayman — qaror xolis va adolatli bo‘ladi”, deydi Kremlyov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Vsevolod Shumkov 2024-yilda Belgradda o‘tgan Yevropa chempioni, shuningdek, 2023-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining bronza sovrindori hisoblanadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar