Daryo

BMTda falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risidagi rezolyutsiya ma’qullandi

Hujjat 164 davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Sakkizta davlat, jumladan, Isroil va AQSH unga qarshi chiqdi.

1 daqiqa o‘qish6 434 ko‘rishlar0 izoh16

BMT Bosh Assambleyasi Falastin xalqining o‘z taqdirini oʻzi belgilash huquqi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. Ushbu rezolyutsiya Rossiya va Norvegiya kabi yettita davlat tomonidan tayyorlanib, BMT Bosh Assambleyasida ovozga qo‘yilgan edi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

“Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi” deb nomlangan mazkur rezolyutsiya loyihasi 164 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ayni paytda, 8 davlat, jumladan, Isroil va AQSH, shuningdek, aksariyat kichik orol davlatlari qarshi ovoz berdi. Yana 9 davlat betaraf qoldi.

Hujjat mintaqadagi barcha davlatlarning xalqaro tan olingan chegaralar ichida xavfsiz va tinch-totuv yashash huquqini ko‘zda tutadi. Shuningdek, u Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash, shu jumladan, mustaqil Falastin davlatini tuzish huquqini yana bir bor tasdiqlaydi.

Hujjatda BMT tizimidagi barcha aʼzo davlatlar va ixtisoslashgan agentliklar Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini imkon qadar tezroq amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlash va yordam berishni davom ettirishga chaqirilgan. Rezolyutsiyada, shuningdek, Xalqaro Sudning Isroilning bosib olingan Falastin hududlaridagi mavjudligi noqonuniy ekani toʻgʻrisidagi xulosasi eslatib o‘tiladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar