Daryo

Tojikistonda yoqilg‘i ortilgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi (video)

Temiryo‘l xodimlari hodisaga yer ko‘chkisi sabab bo‘lganini aytmoqda. Halokat oqibatida hech kim jarohat olmagan.

1 daqiqa o‘qish9 661 ko‘rishlar0 izoh1

Tojikistonda yoqilg‘i tashiyotgan yuk poyezdi relsdan chiqib, yonib ketdi. Bu haqda “Tojikiston temiryo‘llari”ga tayanib Asia-Plus xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Yavan tumani Daxana qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Temiryo‘l xodimlari hodisaga yer ko‘chkisi sabab bo‘lganini aytmoqda. Tuproq siljishi sababli temiryo‘l polotnosiga zarar yetgan. Oqibatda poyezd izdan chiqib, ag‘darilgan va yonib ketgan. “Tojikiston temir yo‘llari” jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Voqea joyiga korxona rahbariyati va maxsus ishchi guruh yetib kelgan. Ular hodisaning barcha holatlarini o‘rganish va temiryo‘l infratuzilmasiga yetkazilgan zarar oqibatlarini baholash bilan shug‘ullanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 27-noyabr kuni Xitoyda poyezd ishtirokida baxtsiz hodisa yuz bergan edi. Sinovdan o‘tkazilayotgan poyezd temiryo‘l ishchilarini bosib ketgan. Oqibatda 11 kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan. Avariyadan so‘ng temiryo‘l boshqarmasi zudlik bilan favqulodda vaziyatlar rejasini ishga tushirgan. Mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda qutqaruv ishlari tashkil etilgan. Tegishli idoralar avariya sabablarini aniqlash uchun tergov boshlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar