Daryo

Trampni ochiq qo‘llab-quvvatlagani uchun Infantino ustidan shikoyat tushdi — The Athletic

Shikoyatda Infantinoning siyosiy betaraflik talabiga rioya qilmagani alohida ta’kidlangan. Unda FIFA prezidentining AQSH sobiq prezidenti Donald Trampni ochiqcha qo‘llab-quvvatlagan bir qator holatlari sanab o‘tilgan.

1 daqiqa o‘qish6 354 ko‘rishlar0 izoh4

Mehnat migrantlari va sport sohasidagi huquqlar bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilot Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) etik qo‘mitasiga rasmiy shikoyat yubordi. Mazkur tashkilot FIFA prezidenti Janni Infantinoni etika qoidalari buzganlikda ayblamoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, shikoyatda Infantinoning siyosiy betaraflik talabiga rioya qilmagani alohida ta’kidlangan. Unda FIFA prezidentining AQSH prezidenti Donald Trampni ochiqcha qo‘llab-quvvatlagan bir qator holatlari sanab o‘tilgan:

  • Infantino Tramp nomzodini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surishga harakat qilgan.
  • Mayamidagi biznes forumda FIFA rahbari sifatida ishtirok etib, Trampni maqtov bilan tilga olgan.
  • Infantino 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida ham Trampning siyosatini ijobiy baholagan.
  • Joriy yilning yanvar oyida Infantino Trampning prezidentlikka qayta tayinlangani uchun uyushtirgan tadbiriga taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan videoni e’lon qilgan va uni: “Birgalikda nafaqat Amerikani, balki butun dunyoni yana buyuk qilamiz”, deya yakunlagan.

Shuningdek, shikoyatda FIFA Tinchlik mukofotining tashkil etilishi va uni Trampga topshirish jarayoniga ham e’tibor qaratish so‘ralgan. Tashkilotga ko‘ra, mukofotni ta’sis etishda FIFA Kengashi yoki vitse-prezidentlar bilan maslahatlashuv bo‘lmagan; nominantlar, mezonlar, hay’at a’zolari va tanlov jarayoni umuman mavjud emas.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar