Daryo

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Belgiyaga qarshi o‘ynaydimi?

Avvalroq, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida mart oyida Belgiyaga qarshi o‘yin o‘tkazishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

1 daqiqa o‘qish12 239 ko‘rishlar0 izoh4

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” manbasiga ko‘ra, ushbu uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yil mart oyidagi yig‘inlari uchun raqib izlash ishlari davom etmoqda va Jahon chempionatidagi raqiblar — Portugaliya hamda Kolumbiya darajasidagi jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq, Kanada futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston bilan sparring o‘yini tashkil etish taklifi bilan chiqqani, Shimoliy Amerika jamoasi bu bahsni o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 50 ming dollar taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston mart oyida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan. Hatto O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning sobiq FIFA hakami, hozirda Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lib ishlayotgan Pedro Proensa bilan uchrashgani aytilgan edi.

Biroq, 5-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan qur’ada O‘zbekiston va Portugaliya bir guruhdan joy oldi. Bu esa Jahon chempionati oldidan ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmasligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSH maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi, ikkinchi turda esa Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar