Daryo

Ka’bada suratga tushish taqiqlangani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Masjidul Haram va Masjidun Nabaviy ichida suratga olish butunlay taqiqlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumotlar feyk ekani ma’lum boʻldi.

1 daqiqa o‘qish5 402 ko‘rishlar0 izoh2

Ijtimoiy tarmoqlarda Haj mavsumida Masjidul Haram va Masjidun Nabaviy ichida suratga olish butunlay taqiqlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar mutlaqo asossiz boʻlib, feyk ma’lumot hisoblanadi. Bu haqda The Islamic Information portali xabar berdi.

Haj va umra vazirligi yoki boshqa biror davlat idorasi bunday taqiq haqida rasman e’lon qilmagan. Tirbandlikni kamaytirish uchun taqiq joriy etilgani haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan akkauntlardan tarqalgan.

Ushbu postlarda ziyorat mavsumi davomida mobil telefonda ham suratga va videoga olish taqiqlanishi yozilgan. Rasmiy kanallar (jumladan, The Islamic Information) ikki muqaddas masjidda suratga olish bo‘yicha hech qanday yangi cheklovlar kiritilmaganini tasdiqladi.

Ibodat qiluvchilarni hurmat qilishga undovchi va ularni bezovta qilishni taqiqlovchi amaldagi ko‘rsatmalar barcha mavsumlarda, jumladan, Haj va Ramazon oylarida ham o‘z kuchida qolmoqda.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bunday yolg‘on ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan internetda paydo bo‘ladi va ko‘pincha ziyorat eng qizg‘in paytlarda ommalashadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar