Daryo

Gruziyaga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

2026-yildan boshlab ushbu mamlakatga kiruvchi barcha chet el fuqarolaridan majburiy tibbiy sug‘urta talab etiladi. Sug‘urtasi bo‘lmaganlar jarima to‘laydi.

1 daqiqa o‘qish17 605 ko‘rishlar0 izoh5

Gruziyada 2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatga kiruvchi barcha chet el fuqarolari uchun majburiy tibbiy sug‘urta talab etiladi.

Uzbekistan Airways matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Gruziyada bo‘lish davrining butun muddatiga majburiy tibbiy sug‘urta polisi yo‘qlar 300 lari (taxminan 1,3 million so‘m) miqdorida jarima to‘laydi.

Majburiy tibbiy polis ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Sug‘urta qamrovi Gruziyada bo‘lishning butun davriga taalluqli bo‘lishi kerak.

Minimal qamrov:

  • shoshilinch ambulatoriya xizmatlari — kamida 5 000 AQSH dollari.
  • statsionar davolanish(shu jumladan baxtsiz hodisalar, jarohatlar, kasalliklar, evakuatsiya va repatriatsiya)— kamida 30 000 AQSH dollari.

Mamlakatning tog‘li hududlariga sayohat qilish uchun alohida talablar ham mavjud.

“Hujjat doimo yoningizda bo‘lishi lozim (mobil qurilmada elektron shaklda yoki qog‘ozga chop etilgan holda). Polis mamlakatga kirishda ham, mamlakat ichidagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ham talab qilinishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilardan chegaradan qiyinchiliksiz o‘tish uchun barcha zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yishlarini so‘radi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar