Daryo

Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuvi qayta avj oldi

Har ikki tomon bir-birini sulh shartlarini buzganlikda ayblamoqda. Chegarada tinch aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlandi.

1 daqiqa o‘qish4 628 ko‘rishlar0 izoh0

8-dekabr kuni Tailand va Kambodja chegarasida yana keskinlik qaytadan avj oldi. Har ikki tomon bir-birini sulh shartlarini buzganlikda ayblagan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tailand tomoni birinchi bo‘lib Kambodja harbiy kuchlari tomonidan minomyot orqali o‘qqa tutilganini iddao qilmoqda.

Tailand armiyasi vakili mahalliy vaqt bilan soat 5:00 atrofida kuchaygan yangi to‘qnashuvlarda kamida bitta askar halok bo‘lgani, sakkiz kishi esa yaralangani va Kambodja harbiy nishonlariga zarba berish uchun havo yordami chaqirilganini qo‘shimcha qildi.

Kambodja mudofaa vazirligi esa, o‘z navbatida, hujumni birinchi bo‘lib tailandliklar boshlaganini ta’kidladi.

Har ikkala tomondan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlandi: tailandlik rasmiylar chegara hududlaridan 35 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilinganini aytdi.

Hukumat yetakchisi Anutin Charnvirakulning ta’kidlashicha, Tailand hech qachon zo‘ravonlikni xohlamagan, lekin mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llashga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, Tailand va Kambodja chegarasidagi avvalgi keskinlashuv 2025-yilning iyul oyida boshlangan edi. O‘shanda chegara bo‘yicha to‘qnashuvlar 5 kun davom etgan, kamida 48 kishi halok bo‘lgan va taxminan 300 ming odam vaqtincha uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Oktyabr oyida ikki davlat AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokida tinchlik shartnomasini imzolagan va ular buni “tarixiy kelishuv” deb atagan edi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar