Daryo

Kim Chen In va qizi aviashouda qatnashdi (video)

Shimoliy Koreya rahbari harbiy-havo kuchlari yadroviy tiyib turishda muhim rol oʻynashini aytdi.

1 daqiqa o‘qish1 808 ko‘rishlar0 izoh1

Shimoliy Koreya Harbiy-havo kuchlari tashkil topganining 80 yillik yubileyi Kim Chen In va uning qizi ishtirokidagi yirik aviashou bilan nishonladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Aviashou 29-noyabr kuni dengiz bo‘yidagi Vonsan shahri yaqinidagi Kalma aeroportida o‘tkazildi. Bu yerda KXDR yirik turistik majmua barpo etgan.

30-noyabr kuni davlat ommaviy axborot vositalari sovet davridagi reaktiv samolyotlar, yangi dronlar va oldingi harbiy ko‘rgazmalarda paydo bo‘lgan erta ogohlantirish va razvedka samolyotlari tasvirlarini namoyish qildi.

Tadbir davomida Kim Chen In nutq so‘zlab, harbiy-havo kuchlariga yangi strategik harbiy vositalar bilan bog‘liq yangi muhim vazifa yuklanishini aytdi.

“Kim Chen In yadroviy urushni toʻxtatuvchi kuchlarni namoyish etishda partiya va vatan harbiy-havo kuchlariga katta umid bog‘layotganini alohida ta’kidladi”, deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar