Daryo

“Barselona”ning transfer maqsadlari oshkor bo‘ldi — Mundo Deportivo

Jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik, sport direktori Deku va klubning boshqa a’zolari tomonidan kuchaytirish zarur bo‘lgan asosiy pozitsiyalarni belgilab olingan.

1 daqiqa o‘qish2 958 ko‘rishlar0 izoh25

Kataloniyaning “Barselona” klubi 2026-yilgi yozgi transfer oynasi jamoani kuchaytirish uchun bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik sport direktori Deku va sport qo‘mitasining boshqa a’zolari bilan birga kuchaytirish zarur bo‘lgan asosiy pozitsiyalarni belgilab oldi: chap oyoqli markaziy himoyachi, vinger va markaziy hujumchi.

Zarurat tug‘ilganda, agar klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilsa, himoyachi transferi 2026-yilning yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Gonsalu Inasiu (“Sporting”), Murilyo (“Nottingem Forest”), Niko Shlotterbek (“Borussiya Dortmund”), Luis Benedetti (“Palmeyras”) va Mark Gehi (“Kristal Pelas”) ismlari qayd etilgan.

Markaziy hujumchi ham ustuvor pozitsiya hisoblanadi, chunki Robert Levandovskining shartnomasi yakuniga yetib bormoqda. Klub kuzatuvida Xulian Alvares (“Atletiko”), Harri Keyn (“Bavariya”) va Erling Holand (“Manchester Siti”) bor.

Bundan tashqari, “Barselona” qanotlarni ham kuchaytirmoqchi. Chunki Rafinyaning Saudiya Arabistoniga ketish ehtimoli mavjud. Nomzodlar orasida Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) ham bor, uning taxminiy transfer narxi 30 million yevro sifatida baholanmoqda, ammo yakuniy qaror futbolchining mavsum oxirigacha ko‘rsatadigan o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. Klub, shuningdek, “Milan” hujumkor yarim himoyachisi Rafael Leau nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma'lumot uchun, “Barselona” Ispaniya La Ligasida ikkinchi, UEFA Chempionlar Ligasi jadvalida esa 18-o‘rinda bormoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar