AQSH prezidenti Donald Tramp 27-noyabr kuni amerikalik harbiylar oldidagi chiqishida Qoʻshma Shtatlar katta miqdorda B-2 Spirit stels-bombardimonchi samolyotlariga buyurtma berganini eʼlon qildi. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.
Bu samolyotlar Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilib, ular yil boshida Eronning yadroviy obyektlariga zarba berish operatsiyasida muvaffaqiyatli qoʻllanilgan edi.
“B-2 bombardimonchi samolyotlari Eronning yadroviy salohiyatini va taʼminotini butunlay yoʻq qilgan. Biz bu texnikaga yana juda koʻp miqdorda buyurtma berdik, buning sababi ular mutlaqo aql bovar qilmas darajada ajoyib va butunlay koʻrinmas”, degan Tramp.
Mazkur samolyotlar 22-iyun kuni Eronga amalga oshirilgan hujumda qoʻllanilgan edi. Taxminan olti metr uzunlikdagi raketalar yer ostida chuqur joylashgan nishonlarni ham yoʻq qilishga qodir.
B-2 Spirit: Texnologiya va narx
Rasman B-2 Spirit nomi bilan tanilgan ushbu samolyot yoyilgan qanot shakliga ega. U ham anʼanaviy, ham yadro qurollarini olib yurish imkoniyatiga ega boʻlib, stels (ko‘rinmaslik) texnologiyasi tufayli dushman havo mudofaa tizimlariga sezilmasdan kirib bora oladi. Bitta samolyotning oʻrtacha narxi 2 milliard dollardan oshadi. Texnika og‘irligi 18 tonna bo‘lib, 1970-yillardan boshlan ishlab chiqarilib kelinmoqda.








