Daryo

Xitoy aviakompaniyalari Yaponiyaga parvozlarni toʻxtatmoqda

So‘nggi kunlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Bunga Yaponiya bosh vazirining Tayvan masalasiga oid bayonoti sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish1 673 ko‘rishlar0 izoh6

Xitoy aviakompaniyalari Yaponiyaga parvozlarni ommaviy ravishda bekor qilmoqda. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

So‘nggi kunlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Bunga Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaitining Tayvan masalasiga oid bayonoti sabab bo‘ldi. U Xitoy va Tayvan o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan taqdirda Yaponiya harbiy aralashuvi ehtimolini inkor etmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aviakompaniyalar “yo‘lovchilar sonining keskin kamaygani” sabab Yaponiyaga 12 ta yo‘nalish bo‘yicha barcha reyslarni bekor qilgan. 31-dekabrgacha bekor qilingan parvozlar soni o‘tgan oyga nisbatan qariyb 56 foizga oshgan.

Xitoy Yaponiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni ham kuchaytirmoqda. Xususan, 14-noyabr kuni rasmiylar fuqarolarni Yaponiyaga safar qilmaslikka chaqirdi. 19-noyabrda esa Yaponiyadan dengiz mahsulotlari importi to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

Maʻlumot oʻrnida, Yaponiya bosh vazirining yuqoridagi bayonotini Xitoy keskin qoralagandi. Tayvanni uzoq vaqtdan beri o‘z hududi deb hisoblab kelayotgan Xitoy bu bayonotlarga keskin munosabat bildirdi. Jumladan, agar Yaponiya vaziyatga aralashsa, harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar